Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ishdan olindi
Uning oʻrniga vaqtincha vazir vazifasini bajaruvchi tayinlangan.

Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ishdan olingan. Bu haqda Platina. uz manbasi xabar bermoqda.
U ushbu lavozimga 2022 yilning dekabr oyida tayinlangan edi.
Sogʻliqni saqlash vaziri vazifasini bajarish esa Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbarining birinchi oʻrinbosari Asilbek Xudayarov zimmasiga yuklatilgan.
Eslatib oʻtamiz, Platina.uz talqiniga koʻra, Amrillo Inoyatov 2023 yilda eng yomon ishlagan vazir deb topilgandi.