Tracker va Onix avtomobillarining yangi narxlari maʼlum boʻldi
Bugundan UzAuto Motors Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining yangilangan komplektatsiyalari uchun shartnoma berishni boshladi.

Bugundan boshlab, quyidagi modellarga shartnoma rasmiylashtirish mumkin:
Chevrolet Tracker
Avvalgi komplektatsiyalar:
- LS - 211 454 880 soʻm.
- LTZ - 231 196 000 soʻm.
- Premier - 251 142 080 soʻm.
Qoʻshimcha opsiyalarga ega yangilangan komplektatsiyalar:
- LS Plus - 223 824 160 soʻm.
- LTZ Plus - 246 981 280 soʻm.
- Premier Plus - 276 016 160 soʻm.
- Redline - 285 834 080 soʻm.
Chevrolet Onix
Avvalgi komplektatsiyalar:
- Premier 1 - 207 347 000 soʻm.
- Premier 2 - 214 748 000 soʻm.
Qoʻshimcha opsiyalarga ega yangilangan komplektatsiyalar:
- Premier 2 Plus - 221 640 160 soʻm.
- Redline - 230 624 800 soʻm.
Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining barchaga tanish komplektatsiyalarida boʻlgan jamiyki asosiy opsiyalariga qoʻshimcha ravishda, Plus komplektatsiyasi barcha “Isitish tizimi” opsiyalari bilan, jumladan rul, old va orqa oʻrindiqlar (orqa suyanish joyi bilan) yon oynalar, old labovoy oyna isitish tizimi opsiyalari bilan shuningdek, qoraytirilgan orqa va orqa yon oynalar, dvigatel himoya karteri va qoʻshimcha qulay opsiyalar bilan jihozlanadi.
Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining taniqli Redline komplektatsiyasi ham xuddi avvalgilaridek, oʻziga xos dizayni va qizil chiziqlari bilan ajralib turadi.