Talabalar uchun qishki taʼtil sanasi eʼlon qilindi
Bu boʻyicha vazirning alohida buyrugʻi chiqqan.

Talabalar uchun qishki taʼtil muddati eʼlon qilindi. Bu boʻyicha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi qabul qilingan.
Unga koʻra, barcha oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida qishki taʼtil muddati 2023 yilning 25 dekabridan 2024 yilning 7 yanvariga qadar etib belgilandi.
Dars jarayonlari 2024 yil 8 yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.