Siz qayta-qayta oʻqiydigan kitob?
Platina.uz aholining koʻp oʻqiydigan asarlari bilan qiziqdi.

“Insoniyatning eng katta kashfiyoti – kitobdir” degan fikrni eshitgansiz. Kitoblar sizning dunyoqarashingizni umuman oʻzgartirib yuborishi ham mumkin. Bitta kitob bilan butun bitta odam va butun bir sulolani qarashlarini, qadriyatlarini yaxshilash mumkin.
Har bir odam yoki yoshning qadrli boʻlgan oʻz asari bor. Mana shu kitob uning ruhiyatiga eng yaqin hisoblanadi. Platina.uz aholining qayta-qayta oʻqiydigan sevimli asarlari bilan qiziqdi.
Javoblar orasida koʻp takrorlangani Abdulla Qodiriyning “Oʻtgan kunlar” asari boʻldi. Soʻrovnomada qatnashuvchilar har birinining psixikasiga yaqin boshqa turli xil asarlar sanab oʻtildi. Tabiiyki, kitobga umuman qiziqmaydiganlar va men hayotdan oʻrganyapman deyayotganlar ham yoʻq emas.
Ammo soʻrovnoma videosidan soʻng yoshlar kitob oʻqimaydi degan stereotip fikrni oʻzgartirishingiz aniq.
Fazilat Soib