platina.uz
Jamiyat

Eron-Iroq urushi, Zoir Mirzayevning yangi lavozimga oʻtishi

Platina.uz 22 sentabr sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Eron-Iroq urushi, Zoir Mirzayevning yangi lavozimga oʻtishi

22 sentabr sanasi bilan bogʻliq xabarlar

Avtomobilsiz kun. Koʻplab mamlakatlarda har yili 22 sentabr “Avtomobilsiz kun” sifatida oʻtkaziladi. Bu kunda barcha avto va mototransport haydovchilariga piyoda, velosipedda yoki jamoat transportlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Oʻzbekistonda ham hukumatning 2020 yil 19 noyabrdagi 735-sonli “Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan2021 yildan boshlab 22 sentabr kuni respublika boʻyicha “Avtomobilsiz kun” sifatida eʼlon qilingan. Ushbu tadbir Oʻzbekistonda har yili V Yevropa harakatlanish haftaligi doirasida oʻtkaziladi. Bu yilgi haftalikning “Energiyani tejash” mavzusi barqaror shahar harakatini ragʻbatlantirishda energiya samaradorligining roli muhimligiga qaratilgan. Yevropa Ittifoqining ushbu tashabbusi 39 mamlakatning 2000 dan ortiq shaharlarini qamrab olgan.

Voqealar.

1792 yil — Fransiya Respublikasi eʼlon qilindi. Bu Fransiya Respublikachilar taqvimining boshlangʻich nuqtasi edi.

1862 yil – AQSh prezidenti Avraam Linkoln qora tanli qullarning ozod qilinishini eʼlon qildi.

1869 yil – Dunyodagi birinchi otkritkalar Avstriyada chiqarilgan.

1908 yil – Bolgariya Usmonlilar imperiyasidan mustaqillikka erishdi.

1960 yil — Mali Fransiyadan mustaqillikka erishdi.

1974 yil – Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida "Falastin masalasi" birinchi marta mustaqil masala sifatida kun tartibiga kiritildi, bu aslida Falastin Ozodlik Tashkiloti va uning rahbari Yosir Arafatning Falastin xalqining vakolatli vakillari sifatida tan olinishini anglatardi.

1980 yil – Eron-Iroq urushi boshlandi.

1989 yil – qozoq tili Qozogʻiston SSRning davlat tili deb eʼlon qilindi.

1991 yil – Tojikistonda Kommunistik partiya faoliyati taqiqlangan.

  • Mustaqil Kosovo Respublikasi birinchi marta eʼlon qilindi.

2010 yil – Isroilda diniy boʻlmagan fuqarolar uchun fuqarolik nikohi toʻgʻrisidagi qonun kuchga kirdi.

2021 yil – Xalqaro avtomobilsiz kun munosabati bilan Toshkent shahrida “Tungi velosayr” festivali oʻtkazildi.

  • Orol dengizi fojiasi oqibatlaridan hammadan koʻp jabr koʻrgan Qoraqalpogʻistonning Muynoq tumanida yashovchi har bir oilaga 5 mln soʻmdan bir martalik yordam puli tarqatildi.
  • Sud marhum sharqshunos olim Andrey Kubatinning oilasiga yetkazilgan maʼnaviy zararni qoplash toʻgʻrisidagi daʼvoni qisman qanoatlantirdi. Toshkent shahar Moliya boshqarmasi uning yaqinlariga 150 mln soʻm toʻlashi maʼlum boʻldi. Eslatib oʻtamiz, 2020 yilning 29 oktabr kuni sharqshunos olim, turkolog Andrey Kubatin 36 yoshida koronavirus asoratlari tufayli vafot etdi. 2017 yilda u Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 157-moddasi (davlatga xiyonat qilish) bilan ayblanib, 5 yilga (apellyatsiyagacha — 11 yilga) ozodlikdan mahrum etilgandi. Ayblov xulosalariga koʻra, u chet el olimiga noyob kitoblarning skaner qilingan nusxalarini topshirgan. Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari bu ish uyushtirilganini taʼkidlashgan edi. 2019 yil sentabr oyida olim Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyat sudining qarori bilan oqlangan.
  • Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi Toshkentdagi Romanovlar caroyi binosini rekonstruksiya qilish haqida maʼlum qilgan.

2022 yil – Zoyir Mirzayev nomzodi Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

  • Oʻzbekiston Astraxanda Kaspiy dengizi mamlakatlari oʻrtasida turizm, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tibbiyot forumida qatnashdi.
  • Sentabr oyidagi FIFA kunlari oldidan Transfermarkt portali 2022 yil terma jamoada eng koʻp gol urgan futbolchilar roʻyxatini taqdim etdi. Unga koʻra Oʻzbekiston terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov roʻyxatda Erling Holand, Sadio Mane, Lionel Messi kabi jahon yulduzlarini ortda qoldirgan. Maʼlumot uchun: oʻzbekistonlik futbolchi hisobida 2022 yilda 9 ta gol mavjud.
  • Oʻzbekistonda mavjud 11 ta xalqaro aeroportida muntazam xalqaro va ichki reyslar parvozini onlayn kuzatish imkoniyati paydo boʻldi.

Tavalludlar.

1981 yil – Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov;

1983 yil – Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov tavallud topgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid