Oʻzbekiston vizasiz rejim boʻyicha dunyodagi oʻrnini yaxshiladi
Oʻtgan 2022 yilda mamlakat 88-pogʻonani qayd etgan.

Yangi eʼlon qilingan "Pasport indeksi"da Oʻzbekiston 78-oʻrinni egalladi. Oʻzbekiston fuqarolari 59 ta davlatga vizasiz yoki soddalashtirilgan tartibda borishi mumkin.
Oʻtgan 2022 yilda mamlakat 88-pogʻonani qayd etgan.
Birinchi oʻrinni Singapur egallagan. ushbu davlat fuqarolari 193 davlatga vizasiz bora oladi yoki borgandan viza beriladi.
Ushbu reytingda yillar davomida Yaponiya yetakchilik qilib kelgandi. Ayni damda kunchiqar mamlakat uchinchi pogʻonada turibdi.
Markaziy Osiyo davlatlari ichida yaxshi natijani Qozogʻiston koʻrsatgan — 66-oʻrin. Qozogʻistonliklar 77 davlatga vizasiz bora oladi.
Reyting soʻngggida Afgʻoniston turibdi (27 davlat). Undan keyingi oʻrinlarni Suriya va Iroq egallagan.