platina.uz
Jamiyat

Tailandda Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi

 Gumonlanuvchilarga odam savdosi va fohishalik qilishga majburlash aybi qoʻyilgan.

Tailandda Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi

7 iyul kuni Tailand politsiyasi Bangkok aeroportida oʻz vatandoshlarini fohishalikka majburlagan Oʻzbekiston fuqarosini qoʻlga oldi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

32 yoshli Navroʻzbek Tashripov Suvarnabhumi aeroportida unga nisbatan sud hukmi chiqarilgandan soʻng mamlakatni tark etishga uringanida hibsga olingan. Politsiyaga koʻra, u jabrlanuvchilarning NightLight International va Operation Underground Railroad kabi jinsiy qullik savdosiga qarshi kurashuvchi tashkilotlarga murojaatidan soʻng ushlangan.

Gumonlanuvchi va uning sheriklari oʻzbekistonlik ayollarni Patayya shahridagi restoranda oshpaz yordamchisi sifatida ishlatishini aytib yoʻlkira va viza toʻgʻirlab bergan, ammo keyin ularni fohishalikka majburlagani aytilmoqda.

Ayollar 175 ming bat (taxminan 5 ming dollar) qarzini toʻlash uchun kechki soat 18.00 dan ertalabki 6.00 gacha ishlashga majbur boʻlgan va ularga oʻlim tahdidi ham qilingan.

Jinoiy guruhga aloqador yana ikki Oʻzbekiston fuqarosi va boshqa jabrlanuvchilar mamlakatni tark etib, Bahraynga ketishga muvaffaq boʻlgan, deya xabar beradi politsiya.

Gumonlanuvchilarga odam savdosi va fohishalik qilishga majburlash aybi qoʻyilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid