platina.uz
Jamiyat

Bu yil “Soʻnggi qoʻngʻiroq” qanday oʻtadi?

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 2022-2023 oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar”i maʼlum boʻldi.

Bu yil “Soʻnggi qoʻngʻiroq” qanday oʻtadi?

Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida "Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari 25-may kuni ertalab soat 8:00 dan 9:00ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” tashkil etish tavsiya qilindi.

Shuningdek, tadbirni tartibli oʻtkazish va oʻquvchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida oʻquvchilar sonidan kelib chiqqan holda ushbu tadbirga faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi.

Tadbir mahalla qoʻmitasi, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda oʻtkaziladi hamda maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslarning kiritilmasligi taʼminlanadi.

“Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yigʻimlariga yoʻl qoʻyilmaydi.

Bundan tashqari, maktab hayotida faol ishtirok etayotgan oʻquvchilarning ota-onalarini maʼnaviy ragʻbatlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid