Qurilish ishlari hajmida ulushi eng yuqori hudud maʼlum qilindi
2023 yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonda 27,6 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Statistika agentligining dastlabki dastlabki maʼlumotlariga koʻra, bu 2022 yilning mos davriga nisbatan 4,5 foizga oshgan.
Jami qurilish ishlari hajmida hududlarning ulushi:
- Qoraqalpogʻiston R. – 3,6 foiz;
- Andijon viloyati – 4,4 foiz;
- Buxoro viloyati – 6,2 foiz;
- Jizzax viloyati – 2,4 foiz;
- Qashqadaryo viloyati – 6,1 foiz;
- Navoiy viloyati – 4,3 foiz;
- Namangan viloyati – 4,7 foiz;
- Samarqand viloyati – 6,3 foiz;
- Surxondaryo viloyati – 5,3 foiz;
- Sirdaryo viloyati – 2,3 foiz;
- Toshkent viloyati – 10,6 foiz;
- Fargʻona viloyati – 6,2 foiz;
- Xorazm viloyati – 3,2 foiz;
- Toshkent shahri – 24,8 foiz.