platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda tibbiyot xodimlarining 17 yil deganda birinchi marta “premiya” olgani maʼlum boʻldi

Qarshi tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy shifoxonaning tez yordam boʻlimida ishlovchi hamshiralar shuningdek, xizmat koʻrsatish uchun sharoit yoʻqligi sabab bemorlar aziyat chekayotgani, masʼullar esa yolgʻon “svodka” berishganidan norozi.
Qashqadaryoda tibbiyot xodimlarining 17 yil deganda birinchi marta “premiya” olgani maʼlum boʻldi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy shifoxonaning tez yordam boʻlimida ishlovchi shifokorlar va hamshiralar binoda ishlash uchun sharoit yoʻqligi boʻyicha “Mening yurtim” telekanalining “Markaziy studiya” dasturiga murojaat qilishibdi. Eng hayratlanarlisi, oylik maoshlarida jiddiy kamchilik borligini aytgan shifokorlar 17 yil deganda birinchi marta bayram puli – “premiya” olishibdi. Shuningdek, murojaatchilar masʼullarning yolgʻon “svodka” berishganidan norozi. “Mening yurtim” telekanali “Markaziy studiya” dasturining bu boradagi soʻroviga esa masʼullar barchasi “etap” bilan boʻladigan ishligini taʼkidlashmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid