platina.uz
Jamiyat

Ramazon hayiti kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi – SSV

Hayit kuni davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatadi.
Ramazon hayiti kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi – SSV

Sogʻliqni saqlash vazirligi muborak ayyom – Ramazon hayiti va dam olish kunlarida quyidagi davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatishini maʼlum qildi:

  • 1257 ta koʻp tarmoqli va oilaviy poliklinika,
  • 1080 ta oilaviy shifokor punkti,
  • 1002 ta mahalla tibbiyot punkti,
  • tuman, viloyat va respublika shifoxonalari,
  • ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari,
  • tibbiyot oliy oʻquv yurtlari klinikalari.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul boʻlimi hamda tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.
Yurtimiz boʻyicha 2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan boʻladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat koʻrsatadi.
Bundan tashqari, 227 ta tugʻuruq, 245 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.

Shuningdek, respublika Call-markazi (1003) orqali tibbiyotga tegishli savollaringizga malakali mutaxassislardan kechayu kunduz javob olishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz: Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi islom dini taʼlimotlari va astranomik maʼlumotlarga asoslangan holda diyorimizda joriy yilda Ramazon hayiti 2023 yil 21 aprel juma kuniga toʻgʻri kelishi haqida qaror qabul qildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid