MegaFon Oʻzbekiston havosini nazorat qiladi

Avtomatlashtirilgan monitoring majmuasi chang datchiklari, gaz analizatorlari va ob-havo stansiyasidan iborat. Uskunalar shahardagi bolalar stadioni yaqiniga oʻrnatilgan.
Aytilishicha, atmosfera havosida muallaq zarrachalar (masalan, chang), azot va oltingugurt dioksidi, uglerod oksidi konsentratsiyasi, shuningdek, harorat, namlik, bosim, yogʻingarchilik intensivligi, shamol tezligi va yoʻnalishi koʻrsatkichlari nazorat qilinadi.
Oʻlchovlar har besh daqiqada amalga oshiriladi, koʻrsatkichlar real vaqt rejimida mijozning boshqaruv serveriga va Oʻzbekiston ekologiya qoʻmitasiga avtomatik rejimda uzatiladi. Ammo bu haqda hozircha Tabiat resurslari vazirligi maʼlumot bermagan.