platina.uz
Jamiyat

“103”ga eng koʻp yolgʻon chaqiriq kelib tushadigan viloyatlar eʼlon qilindi

“Bundan tashqari, chaqiruv manzilini notoʻgʻri berish, ustiga-ustak, “Tez yordam” yetib borganida, eshikni ochmaslik, telefon qoʻngʻiroqlariga javob bermaslik kabi noxush vaziyatlar ham takrorlanib turadi", – deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Ilhom Aslanov.
“103”ga eng koʻp yolgʻon chaqiriq kelib tushadigan viloyatlar eʼlon qilindi

Joriy yilning birinchi choragida “103” xizmatiga jami 893 ta yolgʻon chaqiriq kelib tushgan. Shundan eng koʻp koʻrsatkich Toshkent viloyatida qayd etildi — 189 ta.

Maʼlum qilinishicha, keyingi oʻrindan 154 ta chaqiriq bilan Fargʻona viloyati joy oldi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatidan 114 ta, Toshkent shahridan 96 ta hamda Navoiy viloyatidan 84 ta ana shunday murojaat kelib tushgan.

Eng kam yolgʻon chaqiriq esa oʻtgan uch oyda Samarqand viloyatida roʻyxatga olindi — 2 ta.

"Baʼzan “103”ga qoʻngʻiroq qilib, bemorni boshqa mashinada kasalxonaga olib ketish holatlari 🥹uchraydi", — deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent shahar filiali direktori Ilhom Aslanov. — Bundan tashqari, chaqiruv manzilini notoʻgʻri berish, ustiga-ustak, “Tez yordam” yetib borganida, eshikni ochmaslik, telefon qoʻngʻiroqlariga javob bermaslik kabi noxush vaziyatlar ham takrorlanib turadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid