platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda 1 apreldan qonunchilikda nimalar oʻzgaradi?

Xususan pensiya va nafaqalar miqdori 7 foizga oshiriladi. Staji 25 yildan oshgan pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi.
Oʻzbekistonda 1 apreldan qonunchilikda nimalar oʻzgaradi?

Bugundan oʻzbekistonliklar hayotida nimalar oʻzgaradi?

Quyida 1 apreldan boshlab qonunchilikdagi oʻzgarishlar haqida maʼlumot beramiz.

  • Pensiya va nafaqalar miqdori 7 %ga oshiriladi;
  • Toshkentda jamoat transportidan foydalanish tariflari oʻzgaradi;
  • Staji 25 yildan oshgan pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi;
  • Pensiya oluvchilar metrodan bepul foydalanadi;
  • Halok boʻlgan harbiylarning oila aʼzolariga biryoʻla beriladigan nafaqa miqdori harbiy xizmatchi maoshining 150 baravari miqdorida belgilanadi;
  • Toshkent va Nukusda hamda viloyatlar va tumanlar markazlarida transport vositalari harakat tezligi 60 kmgacha tushiriladi;
  • Koʻp kvartirali uylarning noturar qavatlarida yangi bogʻchalar ochishga ruxsat etiladi;
  • Litsey, texnikum pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari maktab oʻqituvchilarinikiga tenglashtiriladi;
  • Umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatgan shaxslarga soliq imtiyozlari beriladi;
  • Paxta va gʻalla fermer xoʻjaliklariga ishchilari maoshidan toʻlangan daromad soligʻini qaytarish boshlanadi.


© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid