Xalqaro jinoyat sudi Putinni hibsga olishga order berdi

Putin Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy ravishda deportatsiya qilganlikda gumonlanmoqda. Aytilishicha, buning uchun shaxsan Putin javobgar, deb hisoblash uchun «oqilona asoslar» bor.
Xuddi shunday hibsga olish orderi Rossiya prezidenti huzuridagi Bolalar huquqlari boʻyicha vakil Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham chiqarilgan.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova ushbu qarorga izoh bildirib, hech qanday ahamiyati yoʻqligini aytdi.
"Xalqaro jinoiy sudning qarori mamlakatimiz uchun ahamiyatga ega emas, shuningdek, huquqiy jihatdan ham. Bu organ bilan Rossiya hamkorlik qilmaydi. Hibs haqidagi ehtimoliy "retseptlar" biz uchun yuridik kuchga ega emas", dedi Zaxarova.