platina.uz
Jamiyat

18 mart maktablarda III chorakning soʻnggi oʻqish kuni

IV chorak esa 27 martdan boshlanadi.
18 mart maktablarda III chorakning soʻnggi oʻqish kuni

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 26-bandiga muvofiq, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida bahorgi taʼtil 21 mart sanasidan boshlanib, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida” 2022 yil 23 dekabrdagi Farmoniga muvofiq, 2023 yil 20 mart kuni – qoʻshimcha dam olish kun sifatida belgilanganligi munosabati bilan maktablarda bahorgi taʼtil 20 mart sanasidan boshlanadi hamda 26 martga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Shularni inobatga olib, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 18 mart (shanba) III chorakning soʻnggi oʻqish kuni boʻlib, IV chorak 27-mart sanasidan boshlanishini maʼlum qilyapti Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid