platina.uz

Samarqand viloyati hokimligi rahbariyati

Hokim Erkinjon Turdimov haqidagi gap-soʻzlar qanchalik haqiqat?

Jamiyat
11-oktabr, 19:42

Erkinjon Turdimov 2018 yilning iyulida korrupsiya mojarosi doirasida ishdan olingan Turob Joʻrayev oʻrniga Samarqand viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan. Va 2019 yil yanvar oyida rasman viloyat hokimi boʻlgan.

Turdimov Erkinjon Oqbutayevich – 1969 yil Qoʻshrabot tumanida tugʻilgan. Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini “Oʻzsanoatqurilishbank”ning Sirdaryo filialida qarz-reja boʻlimi mutaxassisi sifatida boshlagan.

2000-2008 yillarda Xatirchi tumani hokimi, 2008yilda bir muddat Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining qishloqda iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari; 2008-2016 yillarda Navoiy viloyati hokimi, 2016-2018 yillarda Surxondaryo viloyati hokimi sifatida faoliyat koʻrsatgan.

2006 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. Oliy Majlis Senati aʼzosi. 2023 yilda polkovnik unvoni berilgan.

Erkinjon Turdimov haqidagi mish-mishlar, afsonaga aylangan gap-soʻzlar haqida batafsil yuqoridagi videoda koʻrish mumkin.

Hokim oʻrinbosarlari

Abilov Feruz Neʼmatullayevich – hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari. U 1957 yil Toshkent viloyati Bekobod tumanida tugʻilgan. Toshkent qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan.

Qobilov Rustam Rajabboyevich – hokimning turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari – viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshligʻi. U Toyloq tumanida tugʻilgan. Samarqand davlat universitetida bakalavr va magistrlik darajalarida oʻqigan.

Shukurov Akmal Gʻayratovich – hokimning qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari 1974 yil Payariq tumanida tugʻilgan. Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutini hamda Oʻzbekiston bank va moliya akademiyasini tamomlagan.

Xamrayev Oybek Neʼmatovich – hokim oʻrinbosari – investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi. U 1984 yilda Buxoro tumanida tugʻilgan. 2006 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (bakalavr) va 2012 yilda Yaponiya Siyosiy tadqiqotlar instituti(magistratura)ni tamomlagan.

Xudoyberdiyev Shunqor Farmonovich – hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari. 1971 yilda Pastdargʻom tumanida tugʻilgan. Samarqand qishloq xoʻjalik institutini tugatgan.

Toʻxtayev Xusen Mirzayevich – hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari 1986 yil 30 iyulda Oqdaryo tumanida tugʻilgan. Samarqand davlat universitetining bakalavr va magistratura bosqichlarini tamomlagan.

Qodirov Baxodir Raximovich – hokimning jamoat va diniy tashkilotlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari 1976 yil Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida tugʻilgan.

Xaydarov Jamshid Temurovich – hokimning sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari – “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari. U 1975 yil Urgut tumanida tugʻilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Raxmanova Zebiniso Poʻlatovna – hokim oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi. Samarqand davlat universitetining bakalar va magistrlik darajalarini tugatgan.


Fargʻona viloyati hokimligi


Andijon viloyati hokimligi


Namangan viloyati hokimligi


Toshkent viloyati hokimligi


Sirdaryo viloyati hokimligi


Jizzax viloyati hokimligi


Vazirliklar rahbariyati bilan bu yerda tanishish mumkin.

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+