platina.uz
Jamiyat

Ekologiya vazirligi rahbariyatini taniysizmi?

Nomi va rahbari bir necha martalab oʻzgargan, ekologiyani himoya qilishi kerak boʻlgan tuzilmani kimlar boshqarayotganini bilasizmi?

Ekologiya vazirligi rahbariyatini taniysizmi?

1992-2022-yillarda Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekologik xavfsizlik sohasida davlat boshqaruvini yurituvchi organ sifatida faoliyat koʻrsatgan. Keyinchalik, qoʻmita negizida vazirlik tashkil etilgan. 2022-2023-yillarda Tabiat resurslari vazirligi nomi bilan yuritilgan. 2023-yil 1-iyunda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi etib qayta nomlangan.

Vazir Aziz Abdukaxarovich Abduxakimov 1974 yil 17 iyunda Toshkentda tugʻilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bitirgan. Maʼlumoti boʻyicha iqtisodchi. Magistr darajasini Yaponiyaning Hitosibashi universitetida olgan.

Mehnat faoliyati

  • 1993-1996-yy. Ipak yoʻli bankida turli lavozimlarda;
  • 1996-2004-yy. Markaziy bank bosh mutaxassisi, Berliner Bank AG Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari, Oʻzsanoatqurilishbank boshqarma boshligʻi;
  • 2004-2008-yy. Vazirlar Mahkamasi moliya, iqtisod, tashqi iqtisodiy aloqalar departamenti boʻlim mudiri;
  • 2008-2012-yy. Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi;
  • 2012-2014-yy. Monopoliyaga qarshi kurash davlat qoʻmitasi raisi;
  • 2014-2017-yy. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri;
  • 2017-2018-yy. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi;
  • 2018-2021-yy. Bosh vazir oʻrinbosari – taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy soha masalalari majmuasi rahbari;
  • 2020-2021-yy. Bosh vazir oʻrinbosari – Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi;
  • 2021-2022-yy. Bosh vazir oʻrinbosari – Turizm va sport vaziri;
  • 2022-2022-yy. Bosh vazir oʻrinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri;
  • 2023-2023-yy. Tabiat resurslari vaziri;
  • 2023 yildan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri.

Qiziq maʼlumot

Aziz Abduqahhorovich Abduxakimov 2008 yildan buyon hukumatdagi yuqori lavozimlarni egallab kelmoqda. Karantin davrlarida shaharda velosipedda yurishni targʻib qilgan vazirlardan biri hisoblanadi. Faoliyati davomida bir vaqtning oʻzida bir necha lavozimni egallagan davrlari ham boʻlgan va bu jurnalistlar orasida koʻplab eʼtirozlarni keltirib chiqargan.

Birinchi oʻrinbosar Qudratov Obidjon Nematovich – 1983 yili 14 fevralda Buxoro viloyatida tugʻilgan. 2004 y. G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasini taʼmomlagan. Mutaxassisligi – iqtisodchi.

Oʻrinbosar Kazbekov Jusipbek Sdikbekovich – 1973 yili 15 aprelda Qoraqalpogʻiston Nukus shahrida tugʻilgan. 1995 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (kunduzgi), 2001 yilda Kolorado shtati universiteti (magistratura, AQSh), 2004 yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti aspiranturasini bitirgan. Maʼlumoti – oliy, mutaxassisligi – muhandis-gidrotexnik.

Maslahatchi Kusherbayev Rasul Xidraliyevich – 1987 yil 12 yanvarda Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida tugʻilgan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining sobiq deputati.

Qiziq maʼlumot

Kusherbayev deputatlik yillaridan oʻzining xalqparvar chiqishlari va shaxsiy pozitsiyasi bilan tanilib ulgurgan. U bildirgan fikrlar jamoatchilik orasida koʻplab muhokamalarga sabab boʻlgan.

Deputatlik faoliyatini yakunlaganining sababini shunday izohlaydi: “Yirik hujjatni oʻqishga ham yetarlicha vaqt berilmadi. Birinchi oʻqishda soʻzga chiqishni soʻraganimda Spiker oʻrinbosari Ulugʻbek Inoyatov menga ochiqchasiga soʻz bermadi. Keyin majlisni tark etdim va qaytmadim”.

“Deputatlarning ogʻzini yopadigan “deputatlar” boʻlgandan koʻra, ular boʻlmagani maʼqul”, deya qoʻshimcha qildi u.

Rasul Kusherboyev muntazam ravishda jurnalistlar va blogerlarni himoya qilish, hokimlar saylovida, monopoliyaga qarshi chiqishlar, hukumat va hokimlar qarorlari va boshqa muhim masalalar yuzasidan fikr bildiradi.

Axborot xizmati rahbari Rahmanbayeva Lola Samigjanovna 1980 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Oilali, 2 nafar farzandi bor.

Maftuna Yodgorova tayyorladi.


Kambagʻallikni qisqartirish vazirligi


Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi


Favqulodda vaziyatlar vazirligi


Investitsiyalar vazirligi


Qurilish vazirligi


Oliy taʼlim vazirligi rahbariyatini taniysizmi?


Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyatini taniysizmi?

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid