platina.uz
Jamiyat

Samarqandda ham bir guruh zoʻravonlar qoʻlga olindi

Ularning 6 nafariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, 25 nafari maʼmuriy tartibda qamoqqa olindi.

Samarqandda ham bir guruh zoʻravonlar qoʻlga olindi

Samarqand viloyatida ham “Dolzarb 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida jinoiy guruxlarga aʼzo boʻlgan, ijtimoiy muxitga salbiy taʼsirini oʻtkazishga uringan bir necha shaxslar qoʻlga olindi.

Xususan, 47 nafar jinoiy guruh aʼzolari qoʻlga olinib, ularning 6 nafariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, 25 nafari maʼmuriy tartibda qamoqqa olindi.

Reyd tadbirlari davomida, ushbu shaxslardan giyoxvandlik va psixotrop vositalar, sovuq qurollar (kastet, bita va b.) protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Avvalroq Toshkentda "Salimboy" nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev, “Sayidaziz medgorodok”, “Baxti Tashkentskiy” va uning Fargʻonadagi sherigi, Toshkentda yana 10 kishi va zoʻravonlikda ayblanib B.B.A. (1985 y.t.) qoʻlga olingan edi. Shuningdek, "tozalash" ishlari Fargʻona, Andijon va Namanganda ham boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid