platina.uz

Toshkentda yana 10 kishi qoʻlga olindi

Ular tahdid va kuch ishlatish yoʻli bilan pul mablagʻlarini qonunga xilof ravishda qoʻlga kiritish bilan shugʻullangan.

Jamiyat
4-dekabr 2023 yil
Toshkentda yana 10 kishi qoʻlga olindi

Toshkent shahridagi tezkor tadbirlarda juda koʻp miqdorda tovlamachilik aybi bilan gumonlanib, yana 10 kishi ushlandi.

Jumladan:

  1. 1983 y.t. Mirxojayev Mirsolix Mirkamolovich (165-modda 2-qismi, koʻp miqdorda tovlamachilik, 277-moddasi 2-qismi bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);
  2. 1995 y.t. Shomurodov Laziz Yunus oʻgʻli (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik; 277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);
  3. 1980 y.t. Samiyev Sherzod Latifovich (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik; 277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);
  4. 1991 y.t. Akramov Akramjon Davlatboy oʻgʻli (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik);
  5. 1996 y.t. Aliyev Azizjon Vali oʻgʻli (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik);
  6. 1995 y.t. Bobonazarov Ravshan Abduraxmon oʻgʻli (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik).
  7. 1995 y.t. Muminov Behruz Xolmurod oʻgʻli (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik);
  8. 1986 y.t. Yuldashev Anvar Baxtiyorovich (277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);
  9. 1988 y.t. Umirzokov Dilshod Buribayevich (277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);
  10. 1994 y.t. Usmanov Sirojiddin Inomjon oʻgʻli (277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik).

Ular tahdid va kuch ishlatish yoʻli bilan pul mablagʻlarini qonunga xilof ravishda qoʻlga kiritish bilan shugʻullangan.

Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan. Tergov davom etmoqda.

Avvalroq Toshkentda "Salimboy" nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev, “Sayidaziz medgorodok”, “Baxti Tashkentskiy” va uning Fargʻonadagi sherigi qoʻlga olingan edi. Shuningdek, "tozalash" ishlari Fargʻonada ham boshlab yuborilgan.


Mavzuga doir: “Qonundagi oʻgʻrilar”: xalq orasida ideallashib ketgan jinoyatchilar

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+