platina.uz

Buxoro tumani sobiq hokimi ham ushlandi

Unga Jinoyat kodeksining 5 ta moddasi boʻyicha ayblov qoʻyilyapti.

Jamiyat
19-dekabr 2023 yil
Buxoro tumani sobiq hokimi ham ushlandi

Buxoro tumani sobiq hokimi Xayrullo Joʻrayev viloyat prokurorining birinchi prokurori iltimosnomasi bilan qamoqqa olingan.

U Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) 2-qismi a bandi, 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi a bandi, 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 1-qismi, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi a bandi va 229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi a bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinyapti.

Avvalroq suv taʼminotidagi talon-torojliklar fosh etilib, Namangan viloyati hokimi oʻrinbosari, qishloq xoʻjaligi vazirligi sobiq amaldorlari ham qamoqqa olingan edi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+