platina.uz
Jamiyat

Poytaxt IIBB yana 6 kishini ushladi

Ularga giyohvand moddalar saqlash, tovlamachilik va boshqa ayblar qoʻyilgan. 

Poytaxt IIBB yana 6 kishini ushladi

Toshkent shaxar IIBB tomonidan “Dolzarb qirq kunlik” doirasida oʻtkazilayotgan tergov-tezkor harakatlar davomida yana olti kishi jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi. Shular jumlasidan,

1. 1991 y.t. A.A.R (Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi, juda koʻp miqdorda giyohvandlik vositalarini oʻtkazish);

2. 1984 y.t. M.S. S (Jinoyat kodeksi 276-moddasi 2-qismi, koʻp miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash);

3. 1993 y.t. X.S.Ch (Jinoyat kodeksi 104-moddasi, ogʻir tan jarohati yetkazish).

Ushbu shaxslarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan.

Shuningdek,

4. 1982 y.t. X.A.A (Jinoyat kodeksi 165-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan tovlamachilik);

5. 1987 y.t. M.A.B (Jinoyat kodeksi 165-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan tovlamachilik);

6. 1984 y.t. R.U.K (Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi, juda koʻp miqdorda giyohvandlik vositalarini oʻtkazish)lar

Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchi sifatida jalb etilib, protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Avvalroq Toshkentda "Salimboy" nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev, “Sayidaziz medgorodok”, “Baxti Tashkentskiy” va uning Fargʻonadagi sherigi, Toshkentda yana 10 kishi va zoʻravonlikda ayblanib B.B.A. (1985 y.t.) qoʻlga olingan edi. Shuningdek, "tozalash" ishlari Fargʻona, Andijon va Namanganda ham boshlab yuborilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid