platina.uz
Jamiyat

Portlashda zarar koʻrgan binolar ochiqlandi

Toshkent shahar hokimi v.b Shavkat Umrzoqov bu haqda axborot bergan. 

Portlashda zarar koʻrgan binolar ochiqlandi

Toshkentning Sergeli tumanidagi portlash oqibatida 26 ta koʻp qavatli uydagi 592 ta xonadon hamda 8 ta xizmat koʻrsatish shoxobchasi, 1 ta maktab va 2 ta MTT binolarining fasad qismi hamda deraza-romlariga zarar yetgani aniqlandi.

Bu haqda Toshkent shahar hokimi v.b Shavkat Umrzoqovning yuz bergan favqulodda holat sabablarini oʻrganish, koʻrilgan talafotlarni bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam koʻrsatish boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan dastlabki axborotida aytildi.

Shuningdek, hududdagi 24 ta koʻp qavatli uy va 25 ta hovlining fasad, oyna-rom va tom qismi zarar koʻrgan.

Eslatib oʻtamiz, 28 sentabr soat 02:43 da Toshkent shahar Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan omborxonalarning birida kuchli portlash boʻlgandi.

Hodisa oqibatida 15 yoshli oʻsmir halok boʻlgan, Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzildi, shuningdek jinoiy ish ham ochildi.

FVV maʼlumotiga koʻra, omborxonalar hududidagi yongʻin qariyb 7 soatda oʻchirildi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid