11,25 mln soʻmdan yuqori pul oʻtkazmalari qatʼiy nazoratda boʻladi
Toʻlov tizimlari, elektron pullar va toʻlov tashkilotlari faoliyati ustidan nazorat kuchaytiriladi.

Endilikda 11,25 mln soʻmdan yuqori pul oʻtkazmalari qatʼiy nazoratda boʻladi.
2025 yil 2 iyuldan boshlab toʻlov tizimlari, elektron pullar va toʻlov tashkilotlari faoliyati ustidan nazorat kuchaytiriladi.
Bu haqda Markaziy bank va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qabul qildi.
Yangi tartiblarga koʻra:
-Agar jismoniy shaxs toʻlov tashkiloti ilovasida akkaunt ochmoqchi boʻlsa;
-Elektron terminal (E-POS) orqali faoliyat boshlamoqchi boʻlsa;
-187,5 million soʻmdan koʻp operatsiyani akkauntsiz amalga oshirmoqchi boʻlsa;
-Yoki mijoz haqidagi maʼlumotlar shubhali boʻlsa — tashkilot mijozni tekshirishi shart boʻladi.
Shu bilan birga, 11,25 mln soʻmdan yuqori elektron pul oʻtkazmalarida joʻnatuvchi va qabul qiluvchi haqida toʻliq maʼlumotlar koʻrsatilishi majburiy boʻladi.
Bunda:
-Jismoniy shaxslar uchun pasport/ID-karta raqami, tugʻilgan sana va joyi;
-Yuridik shaxslar uchun tashkilot nomi va STIR ilova qilinadi.
Har bir operatsiya tavakkalchilik darajasiga qarab baholanadi va identifikatsiya maʼlumotlari alohida saqlanadi.