Suv, kanalizatsiya va issiqlik narxlari bugundan yana oshdi

Chunki aynan 1 apreldan ushbu xizmatlarga QQSning nol darajali stavkasini qoʻllash bekor qilindi.

Jamiyat
1-aprel, 13:50
Suv, kanalizatsiya va issiqlik narxlari bugundan yana oshdi

Oʻzbekistonda suv, kanalizatsiya va issiqlik narxlari bugundan yana oshdi. Bunga ushbu xizmatlarga QQSning nol darajali stavkasini qoʻllash bekor qilingani sabab boʻlgan. 

Soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari belgilangani munosabati bilan Soliq kodeksining 264-moddasiga oʻzgartirishlar kiritildi. Bunda ichimlik suvi, kanalizatsiya. sanitariya xizmati va issiqlik taʼminoti boʻyicha korxonalarda 2024 yil 1 apreldan QQSning nol stavkasini qoʻllashni bekor qilishi nazarda tutiladi. 

DSQ izohiga koʻra, QQS nol darajasi bekor qilinishi natijasida ushbu tashkilotlarda buxgalteriya hisobotlari soddalashtiriladi. "QQSni nol stavkada qoʻllash dunyo amaliyotida ham yoʻq. Bu narsa narxlarga katta taʼsir qilmaydi. QQS soligʻi 12 foiz boʻlsayam, narx oʻsishiga 7-8 foiz taʼsir qiladi" deyiladi maʼlumotda. 

Shuningdek, savdo aylanmasi boʻyicha: 
- tibbiy xizmatlar;
- veterinariya xizmatlari;
- dori vositalari;
- veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlarga ham imtiyozlar bekor qilinadi.

Avval Toshkent va Buxoroda issiq suv tariflari, Navoiy, Namangan va Jizzaxda ham ichimlik suvi narxlari oshirilgandi

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston va Buxoroda 15 yanvardan ichimlik va oqova suv xizmatlari qimmatlashishi maʼlum boʻlgandi

Eslatib oʻtamiz, shu kungacha Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida ichimlik suvi narxlari oshirilgandi.

Qashqadaryo viloyatida esa ichimlik va oqova suv narxlari 2 baravar qimmatlagani yetmagandek, 6 oyda 2 marta oshirilgan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+