platina.uz

Jizzax viloyati hokimligi rahbariyati

Nepotizm urchigan va byudjet pullarini ayamasdan ishlatadigan hokimiyatni kimlar boshqaryapti?

Jamiyat
24-sentabr, 19:55

Hokim Saliyev Ergash Alibekovich 1956 yil 17 iyulda Jizzax viloyati Forish tumanida tugʻilgan. Samarqand davlat universitetini tamomlagan. 2005 yil “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan. Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashi deputati, Oliy Majlis Senati aʼzosi.

Mehnat faoliyatini Toshkent politexnika universitetida assistentlikdan boshlagan. Jizzax davlat politexnika instituti rektori lavozimida ham ishlagan va undan tashqari viloyatning Paxtakor, soʻngra Arnasoy tumanlarida hokim vazifasini bajargan. 2017yildan buyon Jizzax viloyatiga rahbarlik qilib kelmoqda.

Hokim oʻrinbosarlari

Mustanov Abduvali Saidovich – hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari 2021 yil bu lavozimga tayinlanishdan oldin Forish tumani hokimi vazifasida boʻlgan.

Hasanov Hamidjon Alisher oʻgʻli – hokimning qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik va ekologiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari 1992 yil Jizzax tumanida tavallud topgan. Jizzax politexnika institutini tamomlagan.

Komilov Ibroximjon Nurmaxammadovich – hokim oʻrinbosari, viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi Fargʻona davlat universitetini tamomlagan. 2024 yil fevral oyidan boshlab shu vazifada ishlab kelmoqda.

Ashurmatov Oybek Shodmonqulovich – hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari 2010yildan 2016 yilgacha Sirdaryo viloyati hokimi boʻlgan. 2019 yil bu vazifaga kelguniga qadar Zarbdor tumani hokimi sifatida ishlagan. 2003 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Savurbayev Akmal Abdumoʻminovich – hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy masalalari boʻyicha oʻrinbosari. 1988 yil Gʻallaorol tumanida tugʻilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti,Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Axmadjonov Latibjon Ergashevich – hokimning jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari. 1973yil Namangan viloyati Norin tumanida tugʻilgan. Andijon qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan.

Muxtorova Nazira Abdusattorovna – hokim oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi 1966yilda Sharof Rashidov tumanida tugʻilgan. Toshkent xalq xoʻjaligi instituti, Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Shukurullayev Sardor Shuxratovich – hokimning turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari 1991 yilda tugʻilgan. Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi va Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan.


Fargʻona viloyati hokimligi


Andijon viloyati hokimligi


Namangan viloyati hokimligi


Toshkent viloyati hokimligi


Sirdaryo viloyati hokimligi


Vazirliklar rahbariyati bilan bu yerda tanishish mumkin.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+