Putin isyondan keyin Prigojin bilan maxfiy uchrashuv oʻtkazgani maʼlum boʻldi
Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlumot bergan.

29 iyun kuni Vladimir Putin isyonchi Yevgeniy Prigojin va "Vagner" qoʻmondonlari bilan uchrashuv oʻtkazdi, unda 35 kishi qatnashgan. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlumot bergan.
Uchrashuv deyarli uch soat davom etdi, uning tafsilotlari nomaʼlum, deydi matbuot kotibi.
"Unda Putin kompaniyaning frontdagi harakatlariga, shuningdek, 24 iyundagi vaziyatga baho berdi. Prezident qoʻmondonlarning tushuntirishlarini tingladi va ularga ishga joylashish va “jangovar foydalanish” boʻyicha keyingi variantlarni taklif qildi”, deya tushuntirdi Peskov.
Qoʻmondonlar sodir boʻlgan voqealar haqidagi oʻz versiyalarini taqdim etdilar, shuningdek, “ular davlat rahbari va oliy qoʻmondonning sodiq tarafdorlari va askari ekanliklarini taʼkidladilar”, deydi Peskov.
Eslatib oʻtamiz, 24 iyun sanasida Rossiya qaltis ichki vaziyat yuzaga keldi. Prigojin boshchiligidagi harbiylar Moskvaga yurishini eʼlon qildi. Putin esa ularni "orqadan pichoq urish"da aybladi. Oxir-oqibat Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko vositachiligida isyon toʻxtatildi.