"Salimboy" qamoqqa olindi
Uning uyidan noqonuniy holda saqlab kelingan 10 dan ortiq turdagi qurollar topilgan.
Toshkentda "Salimboy" nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev Jinoyat kodeksining bir qator moddalarida gumon qilinib, qoʻlga olindi.
Platina.uz manbalari xabariga koʻra, S.Abduvaliyevning uyidan noqonuniy holda saqlab kelingan 10 dan ortiq turdagi qurollar topilgan.
Salim Abduvaliyev Oʻzbekistonning boylaridan biri boʻlish bilan birga maʼlum vaqt turli lavozimlarda ham ishlagan. Masalan, Milliy olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti boʻlgan.
Avvalroq “Sayidaziz medgorodok” va “Baxti Tashkentskiy” qoʻlga olingan edi. Shuningdek, "tozalash" ishlari Fargʻonada ham boshlab yuborilgan.
Mavzuga doir: “Qonundagi oʻgʻrilar”: xalq orasida ideallashib ketgan jinoyatchilar