platina.uz

“Baxti Tashkentskiy”ning Fargʻonadagi sherigi ushlandi

Unga nisbatan Fargʻona shahar IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Jamiyat
4-dekabr 2023 yil
“Baxti Tashkentskiy”ning Fargʻonadagi sherigi ushlandi

Fargʻonada “Baxti Tashkentskiy”ga yaqin jinoiy aloqasi boʻlgan D.X.X. ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Xabarga koʻra, 1992 yilda tugʻilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 109-moddasi bilan sudlangan D.X.X. qoʻshni Qirgʻizistonga qochib oʻtmoqchi boʻlgan paytda "Doʻstlik" chegara postida qoʻlga olingan.

Unga nisbatan Fargʻona shahar IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Toshkentda "Salimboy" nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev, “Sayidaziz medgorodok” va “Baxti Tashkentskiy” qoʻlga olingan edi. Shuningdek, "tozalash" ishlari Fargʻonada ham boshlab yuborilgan.


Mavzuga doir: “Qonundagi oʻgʻrilar”: xalq orasida ideallashib ketgan jinoyatchilar

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+