Namangan hokimi oʻrinbosari qamoqqa olindi
Jinoyat ishlari boʻyicha Namangan shahar sudi ajrim chiqargan.
Namangan viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari S.S. qamoqqa olindi.
U Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) 2-qismi a bandi va 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi a bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinyapti.
Jinoyat ishlari boʻyicha Namangan shahar sudining 2023 yil 16 dekabrdagi ajrimi bilan unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Avvalroq suv taʼminotidagi talon-torojliklar fosh etilib, qishloq xoʻjaligi vazirligi sobiq amaldorlari ham qamoqqa olingan edi.