Sirdaryoda ham ichimlik suvi narxi oshyapti
Xalq deputatlari viloyat kengashi ichimlik va oqova suvlarning yangilangan tariflarini tasdiqladi.

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashi ichimlik va oqova suvlarning yangilangan tariflarini tasdiqladi.
Unga koʻra:
Ichimlik suvi yetkazib berish narxi:
- aholi uchun 1 m kub – 2 500 (hozir 1250) soʻm;
- byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun 1 m kub – 7000 (hozir 2500) soʻm.
Oqova suv xizmati narxi:
- aholi uchun 1 m kub – 800 (hozir 530) soʻm;
- byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun 1 m kub – 2000 (hozir 1200) soʻm.
Yangi tariflar 15 dekabrdan kuchga kiradi.
Eslatib oʻtamiz, shu kungacha Surxondaryo va Qashqadaryo, Toshkent, Buxoro, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahrida ichimlik suvi narxlari oshirilgandi.