platina.uz

Antistrumin dorisi boʻyicha 3 kishi qamoqqa olindi

Bu haqda Platina.uz saytiga Oliy sud matbuot xizmati rahbari maʼlum qildi.

Jamiyat
27-noyabr 2023 yil
Antistrumin dorisi boʻyicha 3 kishi qamoqqa olindi

Yoddan ommaviy zaharlanish boʻyicha Toshkentda 3 kishi qamoqqa olindi. Rossiyaning RIA novosti xabariga koʻra, ularga antistrumin boʻyicha ish ochilgan.

Oliy sud matbuot xizmati rahbarining Platina.uz saytiga maʼlum qilishicha, 2023 yil 7 noyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tumani sudining ajrimi bilan quyidagilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanildi:

  • Yo.X.Toʻraqulov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari F.H.;
  • ushbu markaz laboratoriya mudiri, katta ilmiy xodim, Sogʻliqni saqlash vazirligi bolalar bosh endokrinologi N.A.;
  • 16 noyabr kuni Sogʻliqni saqlash vazirligi dori vositalari, tibbiy buyumlar va jihozlar muomalasini tartibga solish va muruvvat yordamini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi H.Gʻ.

Eslatib oʻtamiz, Chust tumanida ommaviy zaharlanish kuzatilgan, keyinroq bu holat Andijonda ham sodir boʻlgan. Vaziyat esa prezident tomonidan nazoratga olingan. Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari esa bolalar ovqat yo doridan zaharlanmaganini aytgandi.

Keyinroq bu boʻyicha jinoiy ish ochilgan. Antistrumin dorisini ishlab chiqargan korxona rahbari esa xalqaro qidiruvda ekani, shu holida bir nechta shubhali shartnomalar qilganini ham xabar bergandik.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+