Samarqandda ham ichimlik suvi narxi qimmatlamoqda
Bu haqda Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi qarori eʼlon qilindi.

Samarqand viloyatida ichimlik suvi narxi oshadi va aholi uchun bir metr kub suv bahosi 2500 soʻmga yetadi. Bu haqda Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi qarori qabul qilindi.
Amaldagi narx esa 1850 soʻmdir.
Byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun bu miqdor 5700 soʻmni tashkil etadi. (amaldagi narx 3500 soʻm).
Shuningdek, oqova suv xizmatlari aholi uchun 1600 soʻm miqdorida boʻladi (hozirgisi 1300 soʻm). Byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun esa 4300 soʻmga (amalda 2800 soʻm) yetadi.
Eslatib oʻtamiz, avval Surxondaryo va Qashqadaryo, Toshkent, Fargʻona, Andijon, Buxoro viloyatlarida ham ichimlik suvi narxlari ikki barobarga oshirilgandi.