platina.uz
Jahon

Putin Oʻzbekistonga gaz eksporti qachon boshlanishini aytdi

Avval Qozogʻiston tomoni gaz eksporti nega kechikayotgani boʻyicha maʼlumot bergandi. 

Putin Oʻzbekistonga gaz eksporti qachon boshlanishini aytdi

Rossiya joriy oktabr oyidan Qozogʻiston va Oʻzbekistonga gaz yetkazib berishni boshlaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Valday" forumining yalpi majlisidagi chiqishi chogʻida maʼlum qildi, deb yozadi Lenta nashri.

Uning soʻzlariga koʻra, dastlab Rossiya uch milliard kub metr gaz yetkazib beradi, keyinroq bu hajmlarni oshirish mumkin.

Uchrashuvda Putin, shuningdek, Rossiya Gʻarb davlatlariga gaz tranziti uchun Ukrainaga nega pul toʻlayotganini ham tushuntirdi. Uning soʻzlariga koʻra, bu "bu tranzit mamlakat boʻlgani uchun hamkasblar oldidagi majburiyatlarni bajarish kerak".

Biroz avval Qozogʻiston tomoni gaz eksporti nega kechikayotgani boʻyicha izoh bergan.

Eslatib oʻtamiz, iyun oyida Sankt-Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya gazini Oʻzbekistonga yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolangandi.

Oldinroq esa Rossiya Oʻzbekiston va Qozogʻiston bilan tabiiy gaz yetkazib berish hajmini oshirish masalasini muhokama qilayotgani maʼlum boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid