platina.uz
Jamiyat

Vazir yordamchisining gapini matbuot kotibi rad etyapti

Tarqalgan videoda vazir yordamchisi Prezident administratsiyasi nomidan hech kim savol va javob bermasligini bildirgan.

Vazir yordamchisining gapini matbuot kotibi rad etyapti

Namangan viloyatida zaharlangan bolalar boʻyicha jurnalistlar savollariga Sogʻliqni saqlash vaziri yordamchisi “Administratsiyadan buyruq boʻlgan, intervyu berilmaydi” degan mazmunda gap aytgan, vazir matbuot kotibi esa buni rad etyapti.

"Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu maʼlumot haqiqatdan yiroq ekanligi, Prezident administratsiyasidan bunday topshiriq boʻlmaganini maʼlum qiladi", deyilgan munosabatda.

Tarqalgan videoda vazir yordamchisi Prezident administratsiyasi nomidan hech kim savol va javob bermasligini bildirgan. Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmamasi axborot xizmati vakili ham jurnalistlarga vazirga bosim qilishga haqqi yoʻqligini uqtirmoqchi boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, Chust tumanida ommaviy zaharlanish kuzatilgan, keyinroq bu holat Andijonda ham sodir boʻlgan. Vaziyat esa prezident tomonidan nazoratga olingan. Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari esa bolalar ovqat yo doridan zaharlanmaganini aytgandi.

Keyinroq bu boʻyicha jinoiy ish ochilgan. Antistrumin dorisini ishlab chiqargan korxona rahbari esa xalqaro qidiruvda ekani, shu holida bir nechta shubhali shartnomalar qilganini ham xabar bergandik.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid