platina.uz
Jamiyat

Toshkentda bogʻchalar xodimlari xatlovdan oʻtkazilyapti — hokim oʻrinbosari

"Soʻnggi koʻngilsiz voqealarni koʻrdik. Shunday holatlarda nima ishlar amalga oshirilyapti? Hozir Toshkent shahri bogʻchalarining xodimlari toʻliq xatlovdan oʻtkazilyapti. Ularning psixologik, emotsional holati, bugungi kundagi ruhiy salomatligi, tibbiy ahvoli, oilaviy sharoiti, ijtimoiy kayfiyati — hammasi toʻliq, kompleks oʻrganilmoqda. Bogʻchalardagi, maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi tizim xodimlari — aynan ular kimlar va qanday maʼlumotlarga, qanday tajribaga ega? Aynan bugun texnik xodimlar kimlar? Bogʻchalarda faoliyat yuritayotgan aynan rahbar xodimlardan tashqari, oʻsha xoʻjalikka masʼul boʻlgan xodimlari kimlar? Bularning barchasi toʻliq tahlil qilinib, biz ertaga jamoatchilikka bogʻchalarni qanchalik xavfsiz hududga, muassasaga aylantirganimiz boʻyicha axborot beramiz" deydi Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Durdona Rahimova Platina.uz muxbiriga bergan intervyusida.

Toshkentda bogʻchalar xodimlari xatlovdan oʻtkazilyapti — hokim oʻrinbosari

Toshkent shahri bogʻchalarining xodimlari toʻliq xatlovdan oʻtkazilyapti. Bu haqda poytaxt hokimi oʻrinbosari Durdona Rahimova Platina.uz'ga maʼlum qildi.

"Eng aktual muammo — bu bogʻchalar masalasi. Mana, soʻnggi koʻngilsiz voqealarni koʻrdik. Shunday holatlarda nima ishlar amalga oshirilyapti? Hozir Toshkent shahri bogʻchalarining xodimlari toʻliq xatlovdan oʻtkazilyapti. Ularning psixologik, emotsional holati, bugungi kundagi ruhiy salomatligi, tibbiy ahvoli, oilaviy sharoiti, ijtimoiy kayfiyati — hammasi toʻliq, kompleks oʻrganilmoqda. Xatlovdan oʻtkazilib, sudlanganligi yoki sudlanmaganligi, muqaddam, demak, biron-bir jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etgan-etmaganligi tegishli hamkor organlar va idoralar bilan tahlil qilinyapti. Bogʻchalardagi, maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi tizim xodimlari — aynan ular kimlar va qanday maʼlumotlarga, qanday tajribaga ega? Aynan bugun texnik xodimlar kimlar? Bogʻchalarda faoliyat yuritayotgan aynan rahbar xodimlardan tashqari, oʻsha xoʻjalikka masʼul boʻlgan xodimlari kimlar? Bularning barchasi toʻliq tahlil qilinib, biz ertaga jamoatchilikka bogʻchalarni qanchalik xavfsiz hududga, muassasaga aylantirganimiz boʻyicha axborot beramiz" deydi hokim oʻrinbosari.

Maʼlum qilinishicha, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ochiq reyestri yuritiladi. Endi har bir ota-ona farzandi haqida kunlik maʼlumot olishi mumkin boʻladi.

"Kunlik, demak, oʻsha bogʻchadagi faoliyati bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻladigan tizim yaratish ustida dasturiy taʼminotchilarimiz ishlashmoqda hozir", - dedi Durdona Rahimova Platina.uz muxbiriga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, Namanganda 5 yoshli qizchaning bogʻcha ombor mudiri tomonidan zoʻrlangani ortidan Oʻzbekistonda boalarga nisabatan qilingan zoʻravonlik boʻyicha jazo chorasini kuchaytirish masalasi kun tartibiga chiqdi. Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva voqeaga munosabat bildirib, aybdor qonunchilik doirasida eng ogʻir jazoga tortilishini aytdi. Ijtimoiy himoya agentligi direktori oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva esa ayblanuvchiga umrbod qamoq jazosi berilishini soʻradi. Kuni kecha Qonunchilik palatasida bolalarga qilingan zoʻarvonlik uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha Qonun loyihasi muhokama qilindi. Unda bu turdagi jinoyatlar uchun aybdorlarga umrbod qamoq jazosini berish taklif qilingan. Deputat Alisher Qodirov takliflarga betaraf qolganini aytib, bolalarga nisbatan qilingan jinoyat uchun oʻlim jazosini berish kerakligini taʼkidladi. Deputat Bobur Bekmurodov esa hamkasbining bu fikriga qarshi chiqib, oʻlim jazosini tiklash, jinoyatchilarning yagona guvohlarni ham yoʻq qilishga urinishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid