Shavkat Mirziyoyev Kaspiydagi fojia sabab Qozogʻiston prezidentiga hamdardlik bildirdi
Ushbu hodisa oqibatida jami 14 harbiy qurbon boʻlgandi. Davlatimiz rahbari halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik tiladi.

Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston prezidentiga hamdardlik bildirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kaspiy dengizi hududida mashgʻulotlar paytida harbiy xizmatchilar halok boʻlgani munosabati bilan Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Joʻmart Toqayev va Qozogʻiston xalqiga hamdardlik yoʻlladi.
Davlatimiz rahbari halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik tiladi.
Eslatib oʻtamiz, 24 sentabr kuni Kaspiy dengizidagi mashgʻulotlar paytida 14 nafar qozogʻistonlik harbiy suvga choʻkib ketib halok boʻldi. Uch kishi qutqarildi. 25 sentabr Qozogʻistonda milliy motam kuni deb eʼlon qilindi.
Hodisa yuzasidan jinoyat ishi ochildi. Bosh vazir oʻrinbosari Qanat Bozumbayev hodisaning barcha aybdorlari jazolanishini aytdi.




