Pedofillar bir umrga qamalishi mumkin
Soʻnggi paytlarda ushbu jinoyatchilar qamoqdan bir necha yilda chiqib yoki qochib ketib, ayni shu jinoyatini qayta sodir etishi koʻpayib ketdi.

2026 yilgi davlat dasturi loyihasiga koʻra, 14 yoshga toʻlmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha boʻlgan jazo belgilanishi kutilmoqda.
Shuningdek:
- voyaga yetmaganlarga oid jinsiy zoʻravonlik ishlari prokuratura vakolatiga oʻtadi;
- bunday ishlar bilan maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan tergovchi va sudyalar shugʻullanadi;
- yosh nikoh va noqonuniy nikohni targʻib qilish uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Mazkur normalar 2026 yil 1 apreldan kuchga kirishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Namangan va Ohangaronda pedofillar 18 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.
Ohangaronda bir mahbus qamoqdan qochib ketib, yosh qizchani zoʻrlagan edi. Namanganda esa boshqa bir pedofil uchinchi marta shu jinoyatga qoʻl urgandi.