"Toshshahartransxizmat" rahbari yana oʻzgardi
Sanjar Sattorov oʻz arizasiga koʻra ishdan boʻshagan.

Xujanov Aziz Majidovich "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar u Transport vazirligi Ijro intizomi va nazorat boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Bungacha ishlab kelgan Sanjar Sattorov oʻz arizasiga koʻra ishdan boʻshagan.
"Toshshahartransxizmat"da soʻnggi bir necha yilda 3 bor rahbar almashdi. Oldingi rais Anvar Joʻrayev davlat mulkini talon-toroj qilgani uchun 7,5 yilga qamalgandi, ammo keyinroq ozod etilgan.