"UzTest"da yirik oʻgʻrilik sodir boʻlgani aytilmoqda
Bundan tashqari, 6 mlrd soʻm mablagʻ maqsadsiz sarflab yuborilgan.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligining UzTest – "Oʻzbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasining Buxoro viloyati hududiy filialida 1 tonna 200 kg va umumiy narxi 150 mln soʻm miqdorida boʻlgan "Tormoznoy stend" sinov uskunasi, 250 mln soʻmlik gaz ballonlarni oʻlchash vositasi oʻgʻirlangan.
Bu uskunalar Germaniyadan olib kelingan edi. Shuningdek, "UzTest"da 6 mlrd soʻm mablagʻ maqsadsiz sarflab yuborilgan.
Agentlik rahbariyati hozircha bu maʼlumotga munosabat bildirgani yoʻq.
Eslatib oʻtish kerak, Autodeklarant loyihasi Piskent avtopoligonida elektromobillar qanday tekshirilishi haqida videolavha eʼlon qilgandi. Videoda ichkarida hech nima tekshirilmasligi, vaqt oʻtkazib chiqarib yuborilishi aks etgan.
Shuningdek, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Leapmotor C16 avtomobilida aniqlangan “kamchilik” sababli avtomobillarlarni sertifikatlashtirish organlariga Leapmotor rusumli mashinalarni sertifikatlashtirish yuzasidan arizalarni qabul qilishni toʻxtatish toʻgʻrisida xat yuborgandi.