Qozogʻiston Oʻzbekistonga gaz tranzitini oshirmoqchi

2026 yildan boshlab Oʻzbekistonga Rossiya gazi tranziti hajmini yiliga 11 milliard metr kubga oshirish rejalashtirilmoqda. 

Iqtisod
6-mart, 12:17
Qozogʻiston Oʻzbekistonga gaz tranzitini oshirmoqchi

 Qozogʻiston Energetika vazirligi mamlakat hududi orqali Rossiyadan Oʻzbekistonga gaz tranziti hajmini oshirish niyatida. Bu haqda Qozogʻiston Energetika vazirligi yigʻilishida maʼlum qilingan.

Qozogʻiston energetika vaziri Almasadam Satkaliyevning maʼlum qilishicha, 2023 yilda Qozogʻiston hududi orqali Oʻzbekistonga yiliga 3 milliard m3 gacha boʻlgan Rossiya gazining tranziti yoʻlga qoʻyilgan.

Shu bilan birga, kengash materiallarida 2026 yildan boshlab Oʻzbekistonga gaz tranziti hajmini yiliga 11 milliard m3 ga oshirish rejalashtirilgani qayd etilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2023 yil 7 oktabr kuni Rossiya, Oʻzbekiston va Qozogʻiston prezidentlari Rossiya gazini "Markaziy Osiyo – Markaz" magistral gaz quvuri orqali Qozogʻiston hududi orqali Oʻzbekistonga, shuningdek, “Markaziy Osiyo – Markaz” magistral gaz quvuri orqali Qozogʻistonga yetkazib berishni boshladi. 

Kelishuvga koʻra, Oʻzbekiston har yili Rossiyadan tijoriy shartnoma asosida 2,8 milliard kub metr gaz sotib olishi belgilangandi.

Eslatib oʻtamiz, 2023 yil iyun oyida Sankt-Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya gazini Oʻzbekistonga yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolangandi.

Oldinroq esa Rossiya Oʻzbekiston va Qozogʻiston bilan tabiiy gaz yetkazib berish hajmini oshirish masalasini muhokama qilayotgani maʼlum boʻlgandi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+