UzAuto Motors ommabop avtomobillar narxini oshirdi
2024 yilning ikkinchi yarmida ishlab chiqariladigan Damas, Labo va Chevrolet Cobalt rusumidagi avtomobillar narxi 3,5-6,7 foizga qimmatlashadi.
UzAuto Motors ommabop sotiladigan avtomobillar, jumladan Cobalt, Damas, Gentra kabi avtomobillar narxini oshirdi.
Jumladan, kompaniya 2024 yilning ikkinchi yarmida ishlab chiqariladigan Damas, Labo va Chevrolet Cobalt rusumidagi avtomobillar narxi 3,5%-6,7% doirasida qimmatlashini maʼlum qildi.
Narxlarning oʻzgarishi dilerlar bilan hamkorlikning yangi bosqichiga oʻtilayotgani bilan izohlangan. Endilikda UzAuto Motors oʻz dilerlariga keyinchalik sotish uchun avtomobillarni xarid qilish imkoniyatini bermoqda.
Avtomobillarning yangi narxlari quyidagicha koʻrinish olishi kutilmoqda:
- Cobalt GS-Style Plus MT – 133 598 000 soʻm (hozirgacha 124 264 000 soʻm edi);
- Cobalt GX-Style Plus AT – 156 589 000 soʻm (hozirgacha 146 757 000 soʻm edi).
- Damas D2 DLX Style Plus – 100 325 000 soʻm (hozirgacha 96 932 000 soʻm edi).
Kompaniya soʻnggi marta narxlarni 2024 yil oktabrda oshirgandi. Shartnoma olishdagi talotoʻplardan soʻng, mashinalar onlayn yoʻl bilan sotilishi yoʻlga qoʻyildi.
Dekabr oyidagi sotuvlarda esa UzAutoMotors sayti kiberhujumga uchragani xabar berilgandi.
Taʼkidlash kerakki, soʻnggi bor 2023 yil 22 dekabr kuni Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilgandi.