Qurilish vazirligi rahbariyatini taniysizmi?

Vazir va uning oʻrinbosarlari tendersiz shartnomalar tuzish boʻyicha koʻp ishlar qilishgan.

Jamiyat
17-fevral, 14:34
Qurilish vazirligi rahbariyatini taniysizmi?

Bu galgi sonimizda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi rahbariyati, ular haqidagi qiziqarli maʼlumotlarni taqdim etamiz.

Vazir Zakirov Batir Irkinovich 1963 yil 28 iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan. Toshkent politexnika instituti (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) quruvchi-muhandis mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Mehnat faoliyati

1980 yilda Toshkent asbob-uskuna ishlab chiqarish zavodida ish faoliyatini boshlagan. 1985-1990 yillarda Montaj va maxsus ishlar boʻyicha vazirlik huzuridagi “Toshsantexmontaj” trestida ishlagan. 1990 yilda “Boshtoshqurilish” uyushmasining “12-trest”iga ishga oʻtib, u yerda ustalikdan boshqaruv raisi lavozimigacha koʻtarilgan.

2011 yilda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi etib tayinlangan. 2018 yilda qoʻmita Qurilish vazirligiga aylantirildi va Zokirov vazirning birinchi oʻrinbosari lavozimini egalladi. 2019 yil fevral oyida u vazir etib tayinlandi.

2012 yildan Botir Zokirov Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi prezidenti ham hisoblanadi.

Qiziq maʼlumot

2021 yil Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi aksionerlari orasida qurilish vaziri Botir Zokirovning oʻgʻli va turmush oʻrtogʻi boʻlgan «Trest-12» AJ kompaniyasi qoʻlga kiritgan davlat xaridlarini oʻrgangandi. Bu haqda 15 aprel kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytilgan.

Avvalroq Toshkentdagi Mustaqillik maydoni yonidagi maʼmuriy bino rekonstruksiyasi va favvora ostiga avtoturargoh qurish ishlariga 431,5 mlrd. soʻm ajratilishi, pudratchi sifatida esa «Trest-12» AJ tendersiz tanlangani haqida xabarlar tarqagan.

Xuddi shu kompaniya Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosini joriy taʼmirlash hamda fasad qismini rekonstruksiya qilish boʻyicha 16,5 mlrd. soʻmlik davlat xaridini tendersiz qoʻlga kiritgan.

Bu haqda Botir Zokirov Samarqandda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida bu kompaniyaning unga va oila aʼzolariga "issiq-sovugʻi yoʻqligi"ni aytgandi.

Birinchi oʻrinbosar Xidoyatov Sherzod Saidjanovich 1980 yil 20 avgust Toshkentda tugʻilgan. 2006 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tugatgan.

Oʻrinbosar Adilov Davronjon Kabildjanovich Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi “Doʻstlik” mahallasida Sardoba suv ombori toʻgʻoni buzilganidan keyin koʻp qavatli uylar, “Mega Planet” savdo-koʻngilochar markazi, “Parus” savdo majmuasi, “Merkato” savdo markazi, Sergeli tumanidagi 16 qavatli bino, Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan axborot texnologiyalari maktabi, Yoju instituti, ShEDEVR turar-joy majmuasi va boshqalar qurilishlarda ishtirok etgan.

2023 yildan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Yangi Toshkent” shahar qurilishi direksiyasi direktori, bir vaqtning oʻzida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari hisoblanadi.

Qiziq maʼlumot

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi» va «GOLD STEP INVEST» MChJ oʻrtasida «Yangi Oʻzbekiston koʻchasi va 4R12 magistral yoʻllar kesishuvidagi yoʻl oʻtkazgich»ni qurish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzilgan. Shartnomaning taxminiy bahosi — 350 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Davronjon Adilov qurilish vazirligida mehnat faoliyatini boshlashdan avval aynan «GOLD STEP INVES» MChJda direktorning qurilish boʻyicha oʻrinbosari boʻlib ishlagan. «GOLD STEP INVES» MChJning 50 foiz ulushiga egalik qiladigan ADILOV KABILDJAN FRAZILOVICH katta ehtimol bilan Davronjon Qobiljonovich Odilovning yaqin qarindoshi, yaʼni otasi boʻlishi mumkin.

Oʻrinbosar Alimatov Toir Namatullayevich vazirlikning pudrat bozori, qurilish industriyasi va reytinglarini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi. Oʻzbekiston Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Oʻrinbosar Joʻrayeva Ozoda Abduraximovna koʻp qavatli uylarni boshqarish tizimini isloh qilish, xususan, koʻp qavatli uylarni modernizatsiya qilish, hisobot berishning shaffofligini oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirishga javobgar.

Axborot xizmati rahbari Usmonov Saidnosir Saidkarimovich vazirning axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi. Bungacha Milliy teleradiokompaniyada turli lavozimlarda ishlagan.

Maftuna Yodgorova tayyorladi.

 


Kambagʻallikni qisqartirish vazirligi


Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi


Favqulodda vaziyatlar vazirligi


Investitsiyalar vazirligi rahbariyatini taniysizmi?

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+