platina.uz
Jamiyat

Uchkoʻprik tumani hokimi lavozimidan ozod etildi

Abrorjon Asqarov 2022 yil may oyida hokimlikka tayinlangandi. 

Uchkoʻprik tumani hokimi lavozimidan ozod etildi

Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumani hokimi Abrorjon Asqarov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Bu haqda Xalq deputatlari Uchkoʻprik tumani kengashi qarori eʼlon qilingan. Mazkur hujjat bilan hokimni ishdan olish boʻyicha Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning 2024 yil 6 fevraldagi qarori tasdiqlangan.

Maʼlumot uchun, Abrorjon Asqarov 1984 yil Buvayda tumanida tugʻilgan. Fargʻona politexnika institutini tamomlagan. 2004 yildan bank-moliya tizimida mehnat qilib kelgan, 2018–2019 yillarda "Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki Fargʻona viloyati filiali boshligʻi, 2019 yildan Uchkoʻprik tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Uchkoʻprik tumaniga 2022 yil may oyida hokim etib tayinlangandi.

Eslatib oʻtamiz, kecha 14 fevral kuni Oltinkoʻl, Xoʻjaobod, Uchqoʻrgʻon va Ellikqalʼa tumanlariga hokimlar tayinlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid