platina.uz
Sport

Abdusalom Azizov OʻFA prezidenti sifatida ishini davom ettirmoqda

Bugun futbol assotsiatsiyasida yilning eng yaxshilarini aniqlash va taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Abdusalom Azizov OʻFA prezidenti sifatida ishini davom ettirmoqda

Davlat xavfsizlik xizmati sobiq raisi Abdusalom Azizov Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.

Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining yillik hisoboti sarhisob qilinib, eng yaxshilar aniqlandi va ular taqdirlandi.

  • “Yilning eng yaxshi hakami” – Parijda oʻtgan olimpiadaning 4 ta uchrashuvida faoliyat olib borgan, OChL final uchrashuvida ishlagan Ilgiz Tantashev.
  • “Yilning eng yaxshi ayol hakami” – Oʻzbekiston kubogi final uchrashuvini yuqori saviyada oʻtkazgan referi Gulshoda Saidqulova.
  • “Bolalar futboli boʻyicha yilning eng yaxshi murabbiyi” – OʻFA birinchiligi musobaqalari ikki karra gʻolibi, oʻsmirlar terma jamoasiga 8 nafar futbolchi yetkazib bergan "Paxtakor" akademiyasi murabbiyi Bobur Abdurahmonov.
  • “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” – "Soʻgʻdiyona" jamoasi darvozaboni Muhammadyusuf Sobirov.
  • “Yilning eng yaxshi futzal murabbiyi” – futzal terma jaomasi bosh murabbiyi Nodir Eliboyev.
  • “Yilning eng yaxshi futzalchisi” – Husniddin Nishonov.
  • “Ayollar Oliy ligasi toʻpurari” – ayollar chempionatida 41 ta gol kiritgan, "Sevinch" jamoasi futbolchisi Lyudmila Karachik.
  • “Ayollar Oliy ligasining eng yaxshi futbolchisi” – "Sevinch" klubi yetakchi futbolchisi Maftuna Shoimova.
  • “Ayollar futboli boʻyicha yilning eng yaxshi murabbiyi” – "Sevinch" jamoasi bosh murabbiyi Vladislav Xan.
  • “Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi” – Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi yetakchisi Diyora Habibullayeva.
  • “Yilning eng yaxshi murabbiyi” – Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze.
  • “Yilning eng yaxshi futbolchisi” – Abbosbek Fayzullayev.

Eslatib oʻtamiz, Abdusalom Azizov 23 noyabrda DXX raisi lavozimidan ketib, 4 dekabrda prezident maslahatchisi oʻrinbosari etib tayinlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid