platina.uz
Jamiyat

“Toshshahartrans”ga yangi boshliq tayinlandi

Jamiyatning avvalgi rahbari Anvar Joʻrayev shu yil fevral oyida qamoqqa olingan edi.

“Toshshahartrans”ga yangi boshliq tayinlandi

Sanjar Sattorov “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Avvalgi rahbar Anvar Joʻrayev fevral oyida qamoqqa olingan, undank keyin yana bir necha masʼullar ishdan haydalgan edi.

Bungacha Sattorov Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Mirakbar Ikromov Toshkent shahar transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid