Andijon viloyatida buyum bozori yonib ketdi
Hodisa oqibatida qurbon boʻlganlar yoʻq.
Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi buyum bozori yonib ketdi. Bu haqda FVV maʼlumot berdi.
Aytilishicha, Shahrixon tumanidagi Asaka avtoturargohida tashkil etilgan buyum bozori hududida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida soat 23:30 da FVBga xabar tushgan. Shunga koʻra, 20 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 23:32 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin 26 yanvar kuni soat 00:30 da oʻrab olingan va soat 01:53 da bartaraf etildi.
Yongʻin natijasida taxminan 700-800 kv.m maydon yonib zararlangan.
Yongʻin oqibatida fuqarolarni kuyish tan-jarohatini olish va halok boʻlish holatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar kelib tushmadi.
Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Namangan, Xiva, Qoʻqon va Buxoroda va Andijondagi bozorlarda ham yirik yongʻinlar kuzatilgandi.