Sirdaryo viloyati hokimligi rahbariyati

Qayiqda maktabga qatnagan qiz voqeasi bilan tanilgan hokim va uning oʻrinbosarlarini taniysizmi?

Jamiyat
13-sentabr, 19:47

Hokim Mahmudaliyev Akmal Azimjonovich 1974 yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan. Samarqand kooperativ instituti, Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Fargʻona tumani “Matlubotsavdo” aksiyadorlik jamiyati hisobchiligidan boshlagan.

Bundan oldin u Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimi, Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik tumani hokimi, Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 2022 yildan hozirgacha Sirdaryo viloyati hokimi boʻlib ishlamoqda.

Hokim oʻrinbosarlari

Umarov Abdurahim Abdulhamidovich – hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari 1985 yil Sayxunobod tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 2008 yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan.

Mirzayev Akmal Arziyevich – viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari 1971 yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tugʻilgan. Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini va Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

Moʻminov Erkin Akmalovich – hokimning jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari 1969 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan.

Tojiboyeva Nargiza Keldibekovna – hokim oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi 1974 yilda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. Guliston davlat universitetini tamomlagan.

Ibodullayev Vohid Azizovich – hokimning kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari 1979 yilda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida tugʻilgan. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyalari institutini va Toshkent arxitektura va qurilish institutini tamomlagan.

Xoʻjamov Bobur Alisher oʻgʻli – hokim oʻrinbosari – investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi 1991 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutini va Kardiff metropolitan universitetini tamomlagan.

Ismatov Bekzod Bozorboyevich – hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari 1981 yilda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida tugʻilgan. Guliston davlat universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Isakulov Shohrux Norqulovich – hokimning turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari – Turizm bosh boshqarmasi boshligʻi 1991 yilda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. AQShdagi Newman hamda Friends universitetlarini tamomlagan.


Fargʻona viloyati hokimligi


Andijon viloyati hokimligi


Namangan viloyati hokimligi


Toshkent viloyati hokimligi


Vazirliklar rahbariyati bilan bu yerda tanishish mumkin.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+