platina.uz

Toshkent viloyati hokimligi rahbariyati

Asosan hokimlar qoʻnimsizligi bilan nom qozongan viloyatni kimlar boshqaryapti?

Jamiyat
4-sentabr, 20:00

Mirzayev Zoyir Toirovich – 1968 yil 10 martda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tugʻilgan. Toshkent moliya institutini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida oʻzi tugʻilgan tumandagi kolxoz ishchisi, Samarqand viloyati Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi bosh inspektori, soʻngra boshqarma boshligʻi, 2003-2004 yillarda Samarqand viloyati Jomboy tumani hokimi, 2008-2010-yillarda Samarqand shahar hokimi, 2010 yildan 2016 yilgacha Samarqand viloyati hokimi, 2016 yildan 2018 yilgacha bosh vazir oʻrinbosari – qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, agrosanoat majmuasi rahbari vazifalarida ishlagan. 2018 yil 6 noyabrdan 2019 yil 26 oktabrgacha Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimi, 2019 yildan 2021 yilgacha Qashqadaryo viloyati hokimi vazifalarida ishlagan. 2021 yildan esa Toshkent viloyati hokimi vazifasida faoliyat olib bormoqda.

Hokim oʻrinbosarlari

Erkin Madorbekovich Muhiddinov – moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshligʻi 1976 yili Andijon shahrida tugʻilgan. Andijon iqtisodiyot boshqaruv instituti, Bank-moliya akademiyasi, Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti oliy maktabini (Yaponiya) tamomlagan.

Botir Alimbekov Bahodirovich – qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari 1979 yilda Zangiota tumanida tugʻilgan. Toshkent davlat agrar universitetini, soʻngra Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Maxmudov Shukurulla Nasimxonovich – qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari 1974 yilda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida tugʻilgan. Toshkent davlat texnika universitetini bitirgan.

Sharipov Najmiddinxodja Shuxratovich – hokimi oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi 1983 yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent moliya institutining bakalavr hamda magistrlik darajalarini tamomlagan. Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tugatgan.

Sultanbekov Otabek Sabirovich – yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari1986 yilda Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan.

Babajanov Jamshid Hakimovich – turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari 1980 yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent davlat agrar universiteti va Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan.

Mirgaziyeva Zuxra Turayevna – hokim oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi.

Xidoyatov Zokirjon Axmatovich – jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari 1974 yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan. Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan.

Boshqa tafsilotlar bilan yuqoridagi videoda tanishish mumkin.


Fargʻona viloyati hokimligi


Andijon viloyati hokimligi


Namangan viloyati hokimligi


Vazirliklar rahbariyati bilan bu yerda tanishish mumkin.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+