Xorazmda ichimlik va oqova suv narxlari qimmatlashdi
Jumladan, aholi uchun bir metr kub suv narxi 3500 soʻm etib belgilandi. Narxlar 2024 yilning 16 iyundan amal qiladi.

Xorazmda ichimlik va oqava suv xizmatlarining yangi narxi eʼlon qilindi.
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi tomonidan 2024 yil 30 mayda Xorazm viloyatida ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflar (narxlar) tasdiqlandi. Unga koʻra 2024 yilning 16 iyundan quyidagi belgilangan tariflar amalda qoʻllaniladi:
Ichimlik suvi:
a) aholi uchun –1 m3 – 3 500 soʻm;
b) budjet tashkilotlari uchun - 1 m3 – 8 000 soʻm;
v) ulgurji isteʼmolchilar uchun - 1 m3 – 8 000 soʻm;
Oqova suv xizmati uchun:
a) aholi uchun – 1 m3 – 1 700 soʻm;
b) budjet tashkilotlari uchun - 1 m3– 2 800 soʻm;
v) ulgurji isteʼmolchilar uchun - 1 m3– 2 800 soʻm.
Narxlar QQSsiz koʻrsatilgan. Eslatib oʻtamiz, suv, kanalizatsiya va issiqlik narxlari 1 apreldan oshgandi. Bunga QQS nol stavkasining bekor qilinishi sabab boʻlgan.
Avval Toshkent va Buxoroda issiq suv tariflari, Navoiy, Namangan va Jizzaxda ham ichimlik suvi narxlari oshirilgandi.
Shuningdek, Qoraqalpogʻiston va Buxoroda 15 yanvardan ichimlik va oqova suv xizmatlari qimmatlashishi maʼlum boʻlgandi.
Eslatib oʻtamiz, shu kungacha Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida ichimlik suvi narxlari oshirilgandi.